Compatibility
Minecraft: Java Edition
26.2
26.1.x
1.21.x
Tags
Creators
Details
Licensed ARR
Published 3 days ago
Updated yesterday
O'zbekcha Tarjima (Uzbek Language Pack)
Minecraft'ni endi o'zbek tilida o'ynashingiz mumkin! Bu resurs to'plami o'yinning menyular, sozlamalar, bloklar, buyumlar, moblar, yutuqlar, Iksirlar, sehrlar va o'lim xabarlari kabi ko'plab qismlarini o'zbek tiliga tarjima qiladi.
Versiya: 1.21 – 1.21.8
O'rnatish
- Faylni yuklab oling va
.minecraft/resourcepacks/papkasiga joylashtiring. - O'yinni oching → Options → Resource Packs → to'plamni yoqing (Selected tomonga o'tkazing).
- Options → Language... bo'limiga kiring → ro'yxatdan O'zbekcha ni tanlang.
Nimalar tarjima qilingan?
- Bosh menyu, sozlamalar va barcha GUI oynalari
- Bloklar va buyumlar nomlari (qurollar, ovqatlar, materiallar va h.k.)
- Moblar va jonzotlar nomlari
- Iksirlar, sehrlar (enchantmentlar) va statistikalar
- O'lim xabarlari (death messages)
- Klaviatura boshqaruvi (Controls)
Ba'zi kamdan-kam ko'rinadigan qismlar (server buyruqlari, texnik sozlamalar, "abuse report" oynasi) hozircha inglizcha qolgan.
Fikr-mulohaza
Xato topsangiz yoki tarjima sifatini yaxshilash bo'yicha takliflaringiz bo'lsa, izohlarda yozib qoldiring — keyingi versiyalarda hisobga olib boraman.


